Abstract
Mazkur tezisda onomastik tizimning muhim tarkibiy qismi hisoblangan nekronimlar hududiy onomastika nuqtayi nazaridan tadqiq etiladi. Nekronimlarning til, tarix va madaniyat bilan uzviy aloqasi, ularning hududiy xususiyatlari, semantik va nominativ belgilari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, nekronimlarni hududiy kesimda o‘rganishning nazariy asoslari hamda amaliy ahamiyati yoritilib, ularning tarixiy xotirani saqlashdagi o‘rni ko‘rsatib beriladi.