Abstract
bu tezis zamonaviy tibbiyotda lotin tilining ahamiyatini, uning tarixiy barqarorligini va xalqaro ilmiy terminologiyadagi o‘rnini o‘rganadi. Lotin tili tibbiyoyda aniqlik, izchillik va neytralik tamoyillari orqali global muloqotning universal vositasi sifatida saqlanib qolganligi tahlil qilingan. shuningdek, zamonaviy tibbiyotning sun’iy intellekt, robotlashtirilgan jarrohlik va elektron diagnostika tizimlari bilan rivojlanayotgan davrida ham lotin tilining o‘zgarmas ilmiy kodeks sifatida saqlanib qolishini ta’kidlaydi. Shu tariqa lotin tili tibbiyotda nafaqat tarixiy meros, balki bugungi kunning ilmiy tayanchi va kelajak texnologiyalari uchun universal til ekanligi tasdiqlanadi.