PAYVAND NUQTASINING RANGI VA SHAKLINI AI BILAN TAHLIL QILIB SIFATNI NAZORAT QILISH
PDF
DOI

Keywords

Payvand nuqtasi, sifat nazorati, sun’iy intellekt, konvolyutsion neyron tarmoq, rang tahlili, shakl tahlili, tasvirni qayta ishlash, avtomatlashtirilgan nazorat, metallurgiya, sanoat jarayoni.

How to Cite

PAYVAND NUQTASINING RANGI VA SHAKLINI AI BILAN TAHLIL QILIB SIFATNI NAZORAT QILISH (Jalaldinov Kudratullo Mutalib o'g'li , Trans.). (2025). CANADA - SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION, 1(9), 22-25. https://e-conferences.org/index.php/canada/article/view/574

Abstract

Ushbu maqola payvand nuqtalarining sifatini sun’iy intellekt (AI) yordamida tahlil qilish imkoniyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Payvand nuqtasining rangi va shakli materiallar sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi va sanoat jarayonlarida sifat nazoratining muhim ko‘rsatkichidir. An’anaviy vizual nazorat usullari vaqt va inson xatosiga bog‘liq bo‘lib, samaradorligini kamaytiradi. Shu sababli, AI asosidagi tasvirni qayta ishlash va chuqur o‘rganish modellarini qo‘llash orqali payvand nuqtasining rang va shakl xususiyatlarini aniqlash va sifatni baholash imkoniyati mavjud. Tadqiqotda payvand nuqtalarining turli rang va shakllaridagi tasvirlar to‘plami tuzilib, ularni konvolyutsion neyron tarmoqlar orqali tahlil qilish orqali sifatni baholash modeli ishlab chiqildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, AI asosidagi tizim inson nazoratiga nisbatan aniqroq va tezroq sifat baholash imkonini beradi. Ushbu tadqiqot metallurgiya va sanoat ishlab chiqarish jarayonlarida sifatni avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilishni rivojlantirishga xizmat qiladi.

PDF
DOI