Abstract
Bolalar rivojlanishidagi kechikishlarni erta aniqlash ularning kelgusida muvaffaqiyatli ta’lim olishi va ijtimoiy hayotga moslashishida muhim ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqotda psixodiagnostik mezonlar – kuzatuv, test, suhbat, rasm chizish va o‘yin metodlari asosida o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, rivojlanishdagi kechikishlar qanchalik erta aniqlansa, tuzatish va tarbiyaviy choralar shunchalik samarali bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, pedagog, psixolog va ota-onalarning hamkorligi bolalarda mavjud muammolarni bartaraf etishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.