Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mustaqil so‘z turkumlarini o‘rgatish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati yoritilgan. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan “To‘g‘ri eshikni och” va “Yasovchi g‘ildirak” metodlari ta’lim jarayonida qo‘llanilib, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, mantiqiy bog‘lanishlarni anglash, ijodiy faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqot davomida innovatsion metodlarning samaradorligi tahlil qilinib, boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ularning qo‘llash imkoniyatlari ilmiy asoslab berilgan.