Abstract
Mazkur maqolada korxonalarda HACCP (Hazard Analysis and Critical Control Points) standarti asosida sifat boshqaruv tizimini takomillashtirish va mahsulotlar sifatini oshirish masalalari yoritilgan. Dunyo miqyosida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, iste’molchilar salomatligini himoya qilish hamda xalqaro savdo bozorida raqobatbardoshlikni kuchaytirish eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Shu nuqtai nazardan, HACCP tizimini amaliyotga keng joriy etish korxonalar faoliyatida yangi sifat bosqichiga erishish uchun zarur shartdir. Maqolada ushbu tizimning asosiy tamoyillari, ya’ni xavflarni aniqlash, kritik nazorat nuqtalarini belgilash, monitoring olib borish va hujjatlashtirish jarayonlari tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatini modernizatsiya qilish sharoitida HACCP tizimini tatbiq etishning samaralari, amaliy tajribalar hamda xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari korxonalarda mahsulot sifati va xavfsizligini oshirish, iste’molchilar ishonchini kuchaytirish va eksport imkoniyatlarini kengaytirish uchun muhim ilmiy-amaliy xulosalar beradi.