Abstract
Maqolada Xitoyda voyaga yetmagan mahkumlar bilan ishlash amaliyoti tahlil qilingan. Xitoy kriminologiyasida qо‘llanilayotgan “ijtimoiy uyg‘unlashuv modeli” hamda uning о‘smir mahkumlarni qayta ijtimoiylashtirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shu bilan birga, 2021–2024 yillardagi sud-huquq hisobotlari tahlil qilinib, о‘smirlar jinoyatchiligini kamaytirishda ta’lim, tarbiya, probatsiya va psixologik qо‘llab-quvvatlash dasturlari roli ochib berilgan. Xitoyda о‘smirlarga qarshi jinoyatlarda murosasiz yondashuv va og‘ir jazo choralari qо‘llanilishi ham kо‘rsatib о‘tilgan. Xulosa о‘rnida, О‘zbekiston amaliyoti uchun amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.