Abstract
Ushbu maqolada hikoya janridagi xronotopning tuzilishi, qiyosiy tahlili hamda mikroxronotopning semantik va struktur tabiati haqida so’z boradi. Hikoya janri tadrijiy taraqqiyotida xronotop va mikroxronotopning tutgan o’rni va ahamiyati mashhur o’zbek hikoyanavisti Sobir O’narning bir qancha hikoyalari misolida tahlil ostiga olinadi. Hikoya janrida vaqt va makon o‘rtasidagi o‘zaro munosabat tadqiq etiladi. “Tarvuz”, “Qora chol”, “Farishta”, “Intizor” hikoyalari tahlili asosida xronotopning syujet qurilishi, qahramonlar rivoji va tematik muammolarni shakllantirishdagi o‘rni aniqlanadi. Maqola Mixail Baxtinning xronotop nazariyasiga tayangan holda, xronotop va mikroxronotop tushunchalari orasidagi farqni va ular orqali vaqt hamda makon elementlarini ma'no ifodalash uchun qanday qo‘llanishini solishtiradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, xronotop nafaqat so’z yordamida ifoda etish vositasi, balki hikoya janrining ijtimoiy, madaniy va tarixiy kontekstlarini anglash uchun ham muhim vosita hisoblanadi.
References
1. U. Jo’raqulov ,,Mixail Baxtin kashfiyotlari”, ,, Jahon adabiyoti” jurnali 2014-yil 11-12-son.
2. O’nar Sobir “Qora chol” hikoya Toshkent 2005-yil
3. O’nar S Farishta hikoya–Toshkent .G’afur G’ulom n 2016-y
4. O’nar Sobir Intizor hikoya Toshkent. G’afur G’ulom n 2011-y
5. G‘aniyeva M. “Zamonaviy o‘zbek prozasida xronotoplar” – Farg‘ona, 2020.
6. O’nar Sobir “Minnat”, “Alag’dalik” Toshkent 2005. hikoya
7. Nazarov S. “Adabiy xronotop va poetika.” – Toshkent: 2011.
8. Davron, Xurshid „Собир ЎНАР ТЎРТ ҲИКОЯ“. kh-davron.uz. Qaraldi: 18-dekabr 2022-yil,