Abstract
Apnoe – muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda tez-tez uchraydigan holat bo‘lib, o‘pka yetilmaganligi tufayli nafas olishning to‘xtab qolishi, bradikardiya va gipoksemiya xurujlari bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu sindrom neonatal kasallanish va o‘lim xavfini oshiradi. Apnoeni oldini olish va uning epizodlarini bartaraf etishda metilksantinlar eng samarali davo vositasi hisoblanadi.