Abstract
Tezisda ingliz va o‘zbek tillarida “safar” konseptining verbalizatsiyasi qiyosiy-kognitiv yondashuv asosida tahlil qilinadi. Safar makon bo‘ylab harakat, muayyan manzilga intilish, yo‘ldagi to‘siqlar va natijaga erishish bilan bog‘liq konsept sifatida talqin etiladi. “Journey”, “trip”, “travel”, “route”, “destination” birliklari “safar”, “sayohat”, “yo‘l”, “manzil” kabi o‘zbekcha birliklar bilan qiyoslanadi. Tahlil safar konsepti jismoniy harakatdan tashqari hayotiy tajriba, maqsad sari intilish va shaxsiy rivojlanishni ham ifodalashini ko‘rsatadi.