ERTA TUGʻISH XAVFI BOʻLGAN HOMILADOR AYOLLARDA YOʻLDOSH QON AYLANISHI BUZILISHLARINING PERINATAL NATIJALARGA TAʼSIRI
PDF

Keywords

Erta tug‘ish, homiladorlik, yo‘ldosh qon aylanishi, fetoplatsentar qon oqimi, Dopplerometriya, homila gipoksiyasi, perinatal natijalar, neonatal asoratlar.

How to Cite

ERTA TUGʻISH XAVFI BOʻLGAN HOMILADOR AYOLLARDA YOʻLDOSH QON AYLANISHI BUZILISHLARINING PERINATAL NATIJALARGA TAʼSIRI (Tashmatova Rayxon Ollokul qizi , Trans.). (2026). CANADA - SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION, 1(19), 25-31. https://e-conferences.org/index.php/canada/article/view/1571

Abstract

Ushbu maqolada erta tug‘ish xavfi mavjud bo‘lgan homilador ayollarda yo‘ldosh qon aylanishi buzilishlarining perinatal natijalarga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi homiladorlikning muddatidan oldin yakunlanishi ona va homila salomatligi uchun yuqori xavf tug‘dirishi, ayniqsa, fetoplatsentar qon aylanishining buzilishi homilaning intrauterin rivojlanishiga, gipoksik holatlarga va neonatal moslashuv jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan belgilanadi. Tadqiqot davomida homilador ayollarning klinik-anamnestik ma’lumotlari, ultratovush tekshiruvi va Dopplerometriya natijalari, yo‘ldosh va fetoplatsentar qon oqimining gemodinamik ko‘rsatkichlari hamda tug‘ruqdan keyingi perinatal natijalar baholandi. Yo‘ldosh qon aylanishidagi buzilishlarning darajasi homilaning o‘sish sur’atlari, tug‘ilish vazni, homiladorlik muddati, Apgar shkalasi bo‘yicha baholash va neonatal davrda intensiv tibbiy yordamga ehtiyoj bilan bog‘liqligi o‘rganildi. Tahlil natijalari fetoplatsentar gemodinamik o‘zgarishlarni erta aniqlash homiladorlikni olib borish taktikasini individual belgilash, homila holatini dinamik kuzatish va perinatal asoratlarning oldini olish imkonini berishini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari erta tug‘ish xavfi bo‘lgan homilador ayollarda Dopplerometriyaning prognostik ahamiyatini oshirish hamda perinatal yordam sifatini takomillashtirish uchun amaliy ahamiyatga ega.

PDF