Abstract
Mazkur maqolada inklyuziv maktabgacha ta’lim sharoitida san’at markazlari asosida tarbiyalanuvchilarning estetik madaniyatini shakllantirish metodikasini takomillashtirish masalasi tadqiq etilgan. Unda estetik madaniyatning bolaning hissiy olami, ijodiy tafakkuri, estetik didi, tasavvuri va ijtimoiy moslashuvidagi pedagogik ahamiyati ochib berilgan. San’at markazlarining inklyuziv ta’lim muhitidagi rivojlantiruvchi imkoniyatlari tahlil qilinib, tasviriy san’at, musiqa, dramatizatsiya, aplikatsiya, loy bilan ishlash va konstruktorlik faoliyatlarini integratsiyalash orqali bolalarning individual va ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish imkoniyatlari asoslantirilgan. Tadqiqotda individuallashtirish, differensial yondashuv, faoliyatga yo‘naltirilgan ta’lim, hamkorlik pedagogikasi, multisensor yondashuv va refleksiv baholash asosiy pedagogik tamoyillar sifatida belgilangan. Shuningdek, estetik madaniyatni shakllantirishning diagnostik, moslashtirish, integrativ faoliyat va refleksiv baholash bosqichlaridan iborat takomillashtirilgan metodik modeli hamda uni amalga oshirishda art-pedagogika, musiqiy terapiya, ertak terapiyasi, dramatizatsiya, loyiha va kooperativ ta’lim metodlaridan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Taklif etilgan metodik yondashuv inklyuziv maktabgacha ta’limda estetik tarbiya samaradorligini oshirish, bolalarning ijodiy faolligi va ijtimoiy integratsiyasini ta’minlashga xizmat qiladi.