Abstract
Pedagogik ilmiy asarlar qadimdan paydo bo’lgan. Forobiy, Jomiy, Xusayniy, Changiy, Ibn Sino, Kavkabiy va yana ko’plab olimlar musiqa ilmi haqida risolalarni bizga yozib qoldirishgan. Bu manbalar shu bugungacha o’z qadr-qimmatini yo’qotmagan holda bizlar uchun pedagogik o’quv qo’llanma vazifasini ham bajarmoqda. Ana shu metodlarni amalda asrlar davomida qo’llanilgani uchun ham bu metodik pedagogik bilimlar avloddan avlodga o’tib o’rganilishda ko’prik vazifasini bajarayapti.