Abstract
Mazkur tezisda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida iqtidorli bolalar bilan ishlash metodikasini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Iqtidorli bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlari, ularni aniqlash va rivojlantirishga qaratilgan metodlar, individual va differensial yondashuv asosida tashkil etiladigan ta’lim jarayonining samaradorligi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari iqtidorli bolalar bilan ishlashda maxsus metodik tizim zarurligini ko‘rsatadi.