Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim jarayonida o‘yin texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik ahamiyati hamda ularning ta'lim-tarbiya jarayoniga ta’siri yoritilgan. Tadqiqotda o‘yin orqali o‘rganishning bolalar rivojlanishiga, xususan, ularning ijodkorligi, mustaqil fikrlashi, kommunikativ ko‘nikmalari va ijtimoiy faolligiga bo‘lgan ijobiy ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, o‘yin texnologiyalarini qo‘llashning samaradorligini oshiruvchi omillar, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va amaliy tavsiyalar ko‘rib chiqilgan. Maqolada ta’lim jarayonida o‘yin metodlaridan foydalanish natijasida bolalarda motivatsiya ortishi, bilimlarni tez va ongli o‘zlashtirish jarayoni yaxshilanishi ilmiy asoslangan holda yoritib beriladi.