YAPONIYA VA O‘ZBEKISTON O‘RTASIDAGI HAMKORLIK: STRATEGIK MULOQOT, YO‘L XARITALARI VA MODERNIZATSIYA
PDF
DOI

Keywords

Yaponiya; O‘zbekiston; Ivaya Takeshi; strategik muloqot; Central Asia + Japan (CA+Japan); JBIC; JICA; “yashil” transformatsiya; jamoatchilik diplomatiyasi; texnologiya transferi; SamAuto; siyosiy koordinatsiya

How to Cite

YAPONIYA VA O‘ZBEKISTON O‘RTASIDAGI HAMKORLIK: STRATEGIK MULOQOT, YO‘L XARITALARI VA MODERNIZATSIYA (Durdona Toshboyeva , Trans.). (2025). GERMANY - SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION, 1(9), 30-44. https://e-conferences.org/index.php/Germany/article/view/641

Abstract

Mazkur maqola Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Ivaya Takeshining 2025-yil avgust oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifining mazmun-mohiyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy manba bazasini Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi (MOFA) tomonidan e’lon qilingan rasmiy bayonotlar, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (UzA) xabarlari hamda MOFA saytida chop etilgan gazeta maqolalari tashkil etadi. Tahlil metodologiyasi sifatida hujjatli tahlil, kontekstual izoh va qiyosiy-institutsional yondashuvlardan foydalanilgan. Tashrif davomida bir nechta muhim yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy hamkorlik aloqalari mustahkamlandi. Samarqand shahrida “SamAuto” avtomobil zavodi va JICA tomonidan amalga oshirilayotgan olma bog‘i loyihasi doirasida iqtisodiy va agrotexnologik hamkorlikning konkret jihatlari namoyon bo‘ldi.        Toshkent bosqichida esa xotira diplomatiyasiga alohida e’tibor qaratilib, Yakkasaroydagi yapon qabristoni va memorial ekspozitsiyaga tashrif orqali tarixiy do‘stlik rishtalari mustahkamlandi. Shuningdek, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida strategik muloqot bo‘lib o‘tdi, unda “Central Asia + Japan” sammitiga tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi. Tashrifning “yashil transformatsiya” kontekstidagi o‘rni alohida tahlil qilinib, bu jarayon siyosiy (Joint Crediting Mechanism), moliyaviy (JBIC), texnologik-korporativ (Panasonic) va rivojlanish hamkorligi (JICA) kanallari orqali uyg‘unlashgan kompleks paket sifatida talqin qilindi. Ivaya Takeshining mahalliy matbuotda chop etilgan maqolalari esa elita diplomatiyasi bilan jamoatchilik diplomatiyasi o‘rtasida samarali kommunikativ ko‘prik sifatida baholandi.

Xulosa qismida tashrif O‘zbekiston–Yaponiya aloqalarini yangi bosqichga olib chiqqani, mintaqaviy koordinatsiya, texnologik transfer va inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha strategik vektorlarni amaliy bosqichga ko‘targani ta’kidlanadi. Shu tariqa, mazkur tashrif ikki tomonlama munosabatlarni keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga olib chiqqan muhim diplomatik voqea sifatida e’tirof etiladi.

PDF
DOI