Abstract
Ushbu maqolada ta’lim-tarbiya jarayonida bolalar adabiyoti namunalaridan samarali foydalanish masalasi nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Bolalar adabiyotining shaxs kamolotiga, axloqiy, estetik va ma’naviy tarbiyasiga ta’siri ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, o‘quv-tarbiya jarayonida badiiy asarlardan foydalanishning metodik imkoniyatlari, pedagogik yondashuvlar hamda o‘qituvchi va tarbiyachilarning bu boradagi faoliyatini takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish orqali bolalar adabiyotining ta’sir samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.