Abstract
Insoniyat tarixida odam hamisha yangilik yaratish bilan birga ijod qilishga, his-tuygʻularini, dunyoqаrаsh vа fikrlаrini obrazli ifoda qilishga intilib yashagan. Natijada estetikaning turli koʻrinishlari maydonga keldi. Shulardan biri badiiy adabiyot, yani soʻz san’atidir. Ogʻzaki shakldagi badiiy asarlarning koʻpchiligida asosiy oʻrinni egallagan unsur bu ramzlardir. Jahon adabiyotining ajralmas qismi boʻlgan turkiy tildagi adabiyotda ham odam qalbida kechayotgan ruhiy voqeliklar, boshidan oʻtayotgan kechirmishlari asotir, rivoyat, afsona, doston kabi janrlarda ramziy obrazlar, ifodalar orqali oʻz aksini topgan.