Abstract
Indol-3-butan kislota (IMK) auksinlar guruhiga mansub bo‘lib, o‘simliklarning ildiz hosil qilish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotda IMK ning boshqa auksinlarga nisbatan samaradorligi, mikropropagatsiya jarayonidagi ahamiyati va turli o‘simlik turlarida qo‘llanilishi yoritilgan. Shuningdek, IMK ning biosintezi, suvda eruvchanligi, barqarorligi va in vitro hamda in vivo sharoitlarda qo‘llanilishi bo‘yicha mavjud ilmiy adabiyotlarga tayangan holda umumlashtirilgan xulosalar keltirilgan.