Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy kriminologik tadqiqotlarning metodologik va uslubiy asoslari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda kriminologiya fanining nazariy va amaliy ahamiyati, kriminologik tadqiqotlarda qo‘llaniladigan usullar hamda hozirgi davrdagi dolzarb yondashuvlar yoritilgan. Dissertatsiya tadqiqoti natijalariga tayangan holda, milliy kriminologiya rivojidagi muammo va yechimlar ochib beriladi. Kriminologiya sohasida ilmiy izlanishlarning metodologiyasini takomillashtirish zarurati amaliyot talablari bilan bog‘liq ravishda asoslab berilgan. Maqolada kriminologik tadqiqotlarni tashkil etish, umumiy va xususiy ilmiy usullar majmuini qo‘llash tajribasi ko‘rib chiqilgan. Xulosa qismida kriminologiya fanining zamonaviy taraqqiyoti uchun ilmiy-metodologik bazani mustahkamlash bo‘yicha takliflar bildiriladi.