Abstract
Mener kasalligi ichki quloqning surunkali patologiyalaridan biri bo‘lib, bosh aylanishi, quloqda shovqin va eshitish qobiliyatining pasayishi kabi klinik belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu maqolada Mener kasalligini davolashda zamonaviy yondashuvlar tahlil qilinadi. Farmakoterapiya, fizioterapiya, jarrohlik usullari hamda hayot tarzi o‘zgarishlari kompleks ravishda ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, betahistin va diuretik preparatlarning samaradorligi, gentamisin va steroid inyektsiyalari, shuningdek, vestibulyar reabilitatsiya mashqlari haqida ma’lumot berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Mener kasalligini davolashda integratsiyalashgan yondashuv bemorning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi.