Abstract
Homiladorlar gipertenziv kasalligi sifatida tavsiflangan preeklampsiya onalar o’limining 1-5 %ini tashkil etadi. Preeklampsiya –onalar o’limining ikkinchi eng tarqalgan sababi bo’lib,yiliga taxminan 500 000 yangi tug’ilgan chaqaloqlarning va 62000-77000 onalarning o’limiga sabab bo’ladi. Preeklampsiyaning erta boshlanishi onalar va perinatal o’limga olib keluvchi asosiy omil hisoblanadi.Bundan tashqari preeklampsiya og’ir asoratlarga : jigar va buyrak yetishmovchiligi , nevrologik va gemotologik asoratlar, o’pka shishi ,HELLP sindromi kabi poliorgan yetishmovchiligiga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.