Abstract
Ushbu maqolada ingliz adabiyotining 20-asr o‘rtalari va ikkinchi yarmida faoliyat yuritgan, “ishchi guruh” adabiy romanchiligining yorqin vakillari bo‘lgan Alan Sillitoe va Sid Chaplinning hayoti hamda ijodiy faoliyati chuqur tahlil etiladi. Asosiy e’tibor ularning asarlarida aks etgan sanoatlashgan jamiyatdagi ishchi sinf vakillarining ijtimoiy-ma’naviy holati, shaxsiy erkinlik uchun kurash va realistik ifoda vositalariga qaratilgan. Shuningdek, yozuvchilarning adabiy uslubi, mavzu tanlovi va ularning ingliz realizmi rivojiga qo‘shgan hissasi ilmiy asosda o‘rganiladi.