Abstract
Ushbu maqolada paxta tozalash korxonalarida momiqni iflosliklardan tozalash uchun ishlatilayotgan OVM-A-1 rusumli momiq tozalagichni samaradorligini aniqlash uchun I va III navli momiqda tadqiqot ishlari o’tkazildi. Bunda iflos aralashmalar va butun chigitlarning massaviy ulushi o’rtacha 6,4 % bo’lgan I navli momiq tozalagichda tozalanganda, tozalagichdan ishlab chiqarilgan momiqdagi iflos aralashmalar va butun chigitlarning massaviy ulushi o’rtacha 5,15 % ni tashkil etdi. Uskunaning tozalash samaradorligi o’rtacha 19,5 % ga teng bo’lib, tozalagich texnik tavsifidagi tozalash samaradorligiga qaraganda o’rtacha 10,5 (abs)% ga kam ekanligini ko’rsatdi.