RADIODISKURSDA PAREMIYALARNING O‘RNI VA QO‘LLANILISH IFODALARI
PDF

Keywords

radiodiskurs, paremiya, maqol, matal, aforizm, pragmatika, milliy-madaniy kod, nutqiy ta’sir.

How to Cite

RADIODISKURSDA PAREMIYALARNING O‘RNI VA QO‘LLANILISH IFODALARI (Yunusov Behzod Osmanaliyevich , Trans.). (2026). GERMANY - SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION, 1(16), 4-8. https://e-conferences.org/index.php/Germany/article/view/1260

Abstract

Mazkur tezisda radiodiskursda paremiyalarning − hikmatli ibora, maqol, matal va aforizmlarning − kommunikativ-pragmatik, madaniy-semantik hamda ekspressiv-uslubiy vazifalari tadqiq etiladi. Radio nutqi ko‘rish kanalisiz, faqat ovoz, intonatsiya, pauza, tembr va ritm orqali ta’sir ko‘rsatuvchi ommaviy kommunikatsiya shakli sifatida baholanadi. Shu bois unda qisqa, lo‘nda, esda qoluvchi va milliy tafakkurga yaqin birliklar alohida ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda paremiyalar radioboshlovchi nutqida ishonch uyg‘otish, auditoriya bilan muloqotiy yaqinlik yaratish, ijtimoiy hodisaga baho berish, axborotni ixchamlashtirish va milliy-madaniy identifikatsiyani mustahkamlash vositasi sifatida tahlil qilinadi. Tezisda paremiyalarning to‘liq, qisqartirilgan, transformatsiyalangan, kinoyaviy va muallifona qo‘llanish shakllari yoritiladi.

PDF