Abstract
Ushbu tezisda Markaziy Osiyo mintaqasida turkiy etnik qatlamning shakllanishi va yoyilish jarayonlarida Qovunchi madaniyatining o‘rni kompleks tarzda tahlil etiladi. Tadqiqotda arxeologik manbalar, tarixiy yozma ma’lumotlar hamda etnografik materiallar asosida Qovunchi madaniyatining genezisi, rivojlanish bosqichlari va hududiy tarqalish doirasi ilmiy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, mazkur madaniyatning turkiy qabilalar bilan o‘zaro aloqalari, madaniy integratsiya jarayonlari hamda etnik transformatsiyadagi roli chuqur tahlil qilinadi. Ishda Qovunchi madaniyatining moddiy madaniyat elementlari orqali turkiy etnik komponentlarning shakllanishiga ta’siri asoslab beriladi.