Abstract
Ushbu maqolada badiiy adabiyotning asosiy turlaridan biri bo‘lgan drama janrining o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy – nazariy jihatdan keng qamrovli tahlil qilinadi. Dramaning epopeya va lirikadan ajratib turadigan asosiy belgilari – syujetlilik, ziddiyat (konflikt) asosiga qurilgan harakat, sahna va epizodlarga bo‘linish, bayonning yo‘qligi hamda personajlar munosabatlarining dialog va monologlar orqali ifodalanishi kabi masalalarga atroflicha e’tibor qaratilgan. Shuningdek, dramaning ikki tomonlama tabiati – adabiy asar va sahna asari sifatidagi o‘zaro bog‘liqligi tahlil etiladi. Maqolada dramatik asarlarning asosiy janr tarmoqlari (tragediya, komediya, dramaning o‘zi, tragikomediya, melodrama, fars) va ularning tarixiy taraqqiyoti, antik davrdan zamonaviy OTT(Over – The - Top) platformalari davrigacha bo‘lgan evolyutsiyasi haqida ham batafsil ma’lumot beriladi.