Abstract
Ushbu maqolada nemis tilidagi harbiy terminlarning o’zbek tiliga tarjima qilinishidagi lingvistik, madaniy hamda semantik muammolari tahlil qilinadi. Terminlarning to’g’ri talqin etilishi, kontekstga mos ekvivalent topish va harbiy atamalarni standartlashtirish masalalari ilmiy yondashuv asosida ko’rib chiqiladi. Tadqiqot davomida tarjima usullaridan biri bo’lgan kontekstual tahlil, izohli tarjima va transkripsiya usullarining qo’llanishi muhokama qilinadi.