Abstract
Mazkur maqolada pilla xom ashyosi sifat me’yorlarini xalqaro standartlar asosida yangilash masalalari hamda ushbu jarayonning ipak sanoati rivojiga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida pilla xom ashyosini baholashda amalda qo‘llanilayotgan milliy standartlar va xalqaro talablar o‘rtasidagi farqlar aniqlanib, ularni uyg‘unlashtirish zarurati asoslab beriladi. Xalqaro standartlar asosida sifat ko‘rsatkichlarini takomillashtirish mahsulot sifatini oshirish, eksport salohiyatini kuchaytirish hamda ipak sanoatida raqobatbardoshlikni ta’minlashda muhim omil ekani ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, pilla xom ashyosini standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini modernizatsiya qilish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari pilla yetishtirish va qayta ishlash jarayonlarida sifat menejmenti tizimlarini joriy etishda amaliy ahamiyat kasb etadi