Abstract
Maqolada yozuvchining ijodiy uslubi, uning shakllanish omillari va adabiy faoliyatdagi o‘rni tahlil qilinadi. Yozuvchi qo‘llagan badiiy ifoda vositalari, tasviriy usullar, til imkoniyatlaridan foydalanish mahorati hamda estetik qarashlari uning uslubini belgilovchi asosiy komponentlar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, hayotga munosabat, xarakter yaratish mahorati va biografik xususiyatlar kabi shaxsiy omillar ijodiy “ruh” va asarlardagi badiiy ohang bilan qanday uyg‘unlashishi muhokama qilinadi.