Abstract
Ushbu maqolada sanoat korxonalarining raqamli salohiyatini baholash bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar o‘rganiladi. Raqamli transformatsiya jarayonida korxonalar faoliyatining samaradorligini oshirish uchun raqamli salohiyatni aniq va tizimli baholash zarurati ortib bormoqda. Tadqiqotda mavjud baholash modellari tahlil qilinib, ularning afzallik va kamchiliklari aniqlangan. Shuningdek, muallif tomonidan taklif etilgan kompleks baholash usuli asosida tahlil o‘tkazilib, real sektor misolida amaliy natijalar keltirilgan.