Abstract
Ushbu maqolada XX asr boshlarida O‘rta Osiyoda yuzaga kelgan jadidchilik harakati va uning ta’lim tizimidagi islohatchilik yondashuvlari tahlil qilinadi. Jadidlarning eski maktab va madrasalar o‘rniga yangi usul maktablarini tashkil etishi, ilm-fanning zamonaviy yutuqlarini o‘quv dasturlariga kiritishi, o‘qituvchilarning malakasini oshirishga e’tibor qaratgani ochib beriladi. Shuningdek, maqolada bu innovatsion g‘oyalarning bugungi O‘zbekiston ta’lim tizimi rivojiga qo‘shgan hissasi va dolzarbligi amaliy jihatdan yoritilgan