Abstract
Hozirgi kunda raqamli texnologiyalar ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirib, an’anaviy o‘qitish uslublarini yangicha shaklda rivojlantirishga zamin yaratmoqda. Xususan, fizika va kimyo kabi murakkab tushunchalarni qamrab olgan fanlarda raqamli vositalardan foydalanish jarayonning samaradorligini sezilarli oshiradi. Zamonaviy ta’lim sohasida innovatsion yondashuvlar asosida fanni o‘qitish pedagogik amaliyotda tobora keng tarqalmoqda. Ayniqsa, texnik tafakkurni shakllantirishda muhim o‘rin tutuvchi fizika va kimyo fanlarini o‘qitishda raqamli texnologiyalarni joriy etish alohida ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan, atom va yadro fizikasi bo‘limi ko‘plab abstrakt tushunchalarni o‘z ichiga olgani bois, uni raqamli simulyatsiyalar, vizual modellar va interaktiv tajribalar orqali tushuntirish dolzarb masalaga aylangan [2, b. 298]. Shuning uchun ushbu tezisda fizika va kimyo fanlarining uzviy bog‘liqligi asosida yadro va atomga oid bilimlarni raqamli metodlar yordamida o‘zlashtirish masalasi ko‘rib chiqiladi