Abstract
Yoshlar bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega. Innovatsion rivojlanish sharoitida, yoshlarning bandligini erishish uchun professional munosabatlarni shakllantirish maqsadida biznes ko‘nikmalari bilan ta’minlash zarurdir. Ushbu jarayon yoshlarni biznes ko‘nikmalari bilan ta’minlash, ularning tadbirkorlik g‘oyalarini amalga oshirishda yordam berish va rasmiy bandlikni oshirishga qaratilgan. Ushbu maqolada, O‘zbekistonda yoshlarni biznesga jalb qilish uchun davlat tomonidan ko‘plab chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Bu chora-tadbirlar ichida imtiyozli dasturlar ishlab chiqilgan. Bunday dasturlar yoshlarning iqtisodiy faoliyatini rag‘batlantirish va ularni rasmiy ish bilan band bo‘lishiga yordam beradi. Shuningdek, yoshlarni biznesga jalb etish orqali norasmiy sektordan rasmiy sektorga o‘tishni ta‘minlash, mehnat bozorida talab va taklifni muvofiqlashtirish hamda ijtimoiy masalalarni hal qilishda ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu mavzu, yoshlarning iqtisodiy faolligini oshirish va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shishda muhimdir.