Abstract
Ushbu maqolada G‘afur Po‘latovning “Herirud faryodi” hamda Xolid Husayniyning “Shamol ortidan yugurib” romanlari mavzu, obrazlar, muallif pozitsiyasi, urush va fojiaviy taqdirlar tasviri hamda axloqiy-falsafiy g‘oyalar nuqtayi nazaridan solishtirib tahlil qilinadi. Har ikkala asarda inson ruhiyati, vijdon azobi, kechirim va poklanish g‘oyalari asosiy g‘oya sifatida ilgari surilgan.