Abstract
Maqolada XIV asr o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik yodgorligi bo‘lgan Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asaridagi ramziy obrazlar va poetik tasvir vositalari tahlil qilinadi. Asardagi obrazlar yorug‘lik va zulmat, yuz va go‘zallik, soch va xol, bahor va bayram, jannat va ilohiy kuch, ishq va iztirob kabi tasvir tizimlariga birlashtirilib ko‘rib chiqiladi. Har bir tizimda obrazning manba sohasi, matndagi vazifasi va ma’no ko‘chishi aniqlanadi. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, asardagi obrazlar bir-biriga qarshi qo‘yilib, ziddiyat orqali go‘zallik va ruhiy holatni kuchaytiradi. Ayniqsa, tashbeh, istiora, mubolag‘a va tazod vositalari obrazlar tizimining asosiy tayanchi sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada ramziy tasvirning ilohiy va insoniy o‘lchovlar orasidagi bog‘lovchi rolga ega ekanligi ham ko‘rsatiladi.