Abstract
Ushbu maqolada talabalarning davlat elektron tizimlaridan foydalanish kompetentligini rivojlantirishda raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqotda raqamli vositalarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanish, axborotni izlash va tahlil qilish, elektron hujjatlar bilan ishlash hamda axborot xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalarini shakllantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilindi.