Abstract
Ushbu maqolada inklyuziv ta’limning nazariy-metodologik asoslari, uning zamonaviy ta’lim tizimidagi ahamiyati va maktabgacha yoshdagi bolalarni inklyuziv ta’limga tayyorlash masalalari tahlil qilingan. Maqolada maktabgacha ta’lim bosqichida bolalarda ijtimoiylashuv, muloqot madaniyati, hissiy barqarorlik va hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishning o‘rni yoritilgan. Shuningdek, ta’lim muhitini moslashtirish, pedagogning kasbiy kompetensiyasi, oila bilan hamkorlik va individual yondashuvni amalga oshirish masalalari tahlil qilindi.