Abstract
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi va pedagogik mahoratini oshirishda o‘zbek milliy maqom san’atini o‘rgatish metodikasini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Maqolada xalq og‘zaki an’anasidagi professional musiqa merosini yetkazishning an’anaviy (ustoz-shogird) maktabi hamda zamonaviy innovatsion-pedagogik texnologiyalar imkoniyatlari o‘zaro muvozanatda tahlil qilingan. Tadqiqot davomida ta’lim mazmunini an’ana va zamonaviylik kesimida sintez qilish orqali talabalarning musiqiy-nazariy va ijrochilik malakalarini shakllantirishning pedagogik tizimi taklif etilgan.