Abstract
Mazkur maqolada Qizilqum cho‘lining keskin ekologik sharoitida boqilayotgan sur qorako‘l qo‘ylarining jun mahsuldorligi yosh, jins va rangdorlik belgilariga bog‘liq holda o‘rganildi. Tadqiqotlar Taxtako‘pir tumani hududida joylashgan ishlab chiqarish podalarida olib borilib, qo‘ylarning yillik jun chiqimi, jun tolalarining uzunligi va sifati kompleks ravishda baholandi. Olingan natijalar turli rang va yosh-jins guruhlariga mansub qo‘ylar orasida jun mahsuldorligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha sezilarli farqlar mavjudligini ko‘rsatdi. Eng yuqori jun mahsuldorligi Qambar rangli qo‘ylarda, eng past ko‘rsatkichlar esa po‘lat rangli qo‘ylarda qayd etildi. Tadqiqot natijalari qorako‘lchilikda seleksiya-naslchilik ishlarini takomillashtirish va yuqori sifatli jun xomashyosi yetishtirishda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.