Abstract
Mazkur tezisda muhandislik ta’limida tahsil olayotgan talabalarda publitsistik kompetensiyani shakllantirish va rivojlantirish masalasi akmeologik yondashuv asosida tahlil qilingan. Akmeologik yondashuv shaxsning kasbiy va ijodiy kamolotga erishish jarayonini ta’minlovchi ilmiy-metodik asos sifatida yoritilib, uning muhandislik ta’limidagi ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijalari publitsistik kompetensiyani rivojlantirish muhandis-talabalarning kasbiy yetukligi va ijtimoiy faolligini oshirishini ko‘rsatadi.