Abstract
Ushbu tezis maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Tezisda pedagogik jarayonni samarali tashkil etish, ta’lim standartlarini joriy etish, innovatsion metod va texnologiyalarni qo‘llash, shuningdek, maktabgacha ta’lim xodimlarining malakasini oshirish orqali sifatni yaxshilash yo‘llari tahlil qilinadi. Tadqiqotda maktabgacha ta’lim sifatini oshirishning nazariy va amaliy asoslari ko‘rib chiqilgan bo‘lib, xalqaro tajribalar va O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan islohotlar solishtirma usulda tahlil qilingan. Shuningdek, tezisda ta’lim jarayonining samaradorligini baholash mezonlari va indikatorlari ham keltirilgan.