Abstract
Ushbu maqolada bolalar adabiyotida folklor elementlaridan foydalanish usuli ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda folklor unsurlarining bolalar adabiyotidagi tarbiyaviy, estetik hamda madaniy funksiyalari yoritilib, ularning badiiy jarayondagi ahamiyati ko‘rsatiladi. Bolalar adabiyotida xalq og‘zaki ijodiga xos an’ana, qadriyat va axloqiy g‘oyalar badiiy asar mazmunini boyitib, yosh kitobxonning ma’naviy shakllanishiga ta’sir ko‘rsatishi bayon etiladi. Zamonaviy bolalar adabiyotida folklor motivlarining qayta talqin qilinishi, multimedia vositalari orqali yangi shaklda namoyon bo‘lishi tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari folklorning nafaqat badiiy-estetik unsurlarni boyitish, balki milliy o‘zlikni anglash, madaniy xotira va dunyoqarashni shakllantirish jarayonida ham muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.