Abstract
XXI asrda axborot texnologiyalari va internetning tez sur’atlarda rivojlanishi global iqtisodiyotning tuzilishini tubdan o‘zgartirmoqda. Jumladan, an’anaviy savdo munosabatlari tobora ko‘proq elektron shaklga o‘tmoqda, bu esa elektron savdo (e-commerce) sohasining jadal o‘sishiga olib keldi. Elektron savdo shartnomalari mazkur jarayonning huquqiy asosini tashkil qilib, tomonlar o‘rtasida majburiyatlar va huquqlarni tartibga soluvchi huquqiy bitim sifatida muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda elektron savdo shartnomalarining tuzilishi va ularning huquqiy kuchi masalalari nafaqat yuridik nazariyada, balki amaliyotda ham keng muhokama qilinmoqda. Shartnomalarning qonuniyligi, ularning bajarilishi va huquqiy himoyasi elektron tijorat sohasining barqarorligini ta’minlash uchun zarurdir. Ushbu maqolada elektron savdo shartnomalarining tuzilish xususiyatlari, ularning huquqiy kuchi va qonunchilik bazasi, shuningdek, amaliyotda yuzaga keladigan asosiy muammolar va ularni hal etish yo‘llari o‘rganiladi.