Abstract
Ushbu tezisda murakkab relyefli qishloq xo‘jaligi yerlarida nishablik darajasini zamonaviy geoaxborot texnologiyalari va masofadan zondlash ma’lumotlari asosida aniqlash hamda baholash masalalari yoritilgan. Tadqiqot Toshkent viloyati Ohangaron tumani misolida olib borilib, raqamli balandlik modeli (DEM), sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va joyida bajarilgan geodezik o‘lchovlardan foydalanilgan. ArcGIS Pro dasturiy muhitida hududning raqamli balandlik modeli va nishablik elektron xaritasi shakllantirilib, yer maydonlari nishablik darajasiga ko‘ra sinflarga ajratilgan. Masofadan zondlash asosida aniqlangan natijalar joyida olingan GPS ma’lumotlari bilan taqqoslanib, statistik jihatdan baholangan. Tadqiqot natijasida murakkab relyefli qishloq xo‘jaligi yerlarini baholash hamda ulardan maqsadli foydalanish uchun “Perfect Slope” interfaol veb-platformasidan foydalanish imkoniyatlari asoslangan.