Abstract
Mazkur maqolada matematik analizning zamonaviy ilm-fan va amaliy faoliyatdagi metodologik ahamiyati tadqiq etilgan. Matematik analizning asosiy tushunchalari bo‘lgan funksiya, limit, hosila, integral va differensial tenglamalarning amaliy masalalarni yechishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, matematik analiz usullarining fizika, texnika, iqtisodiyot, ekologiya va boshqa fan sohalarida qo‘llanilish imkoniyatlari tahlil qilingan.
Maqolada matematik analizning matematik modellashtirish jarayonidagi ahamiyati, real obyekt va jarayonlarning matematik tavsifini yaratishdagi roli hamda ilmiy tadqiqotlarda prognozlash va optimallashtirish masalalarini hal etishdagi o‘rni ko‘rsatib berilgan. Sonli usullar, hisoblash matematikasi va zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanishida matematik analizning nazariy asos sifatidagi ahamiyati asoslangan.
Tadqiqot natijalari matematik analizning nafaqat nazariy matematikaning fundamental bo‘limi, balki turli fan va texnologiyalar rivojlanishining metodologik negizi ekanligini ko‘rsatadi. Olingan xulosalar amaliy jarayonlarni matematik modellashtirish, murakkab tizimlarni tahlil qilish va prognozlash masalalarida matematik analiz usullaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.