Abstract
Maqolada O‘zbekiston taʼlim tizimida qo‘llaniladigan intizomiy jazoning axloqiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Intizomiy jazo tarbiyaviy maqsadga xizmat qilishi, bola qadr-qimmati va huquqlarini hurmat qilishi hamda jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikdan xoli bo‘lishi lozimligi asoslanadi. Jazoning axloqiyligi uning adolatliligi, mutanosibligi va tarbiyaviy yo‘nalganligiga bog‘liqligi ko‘rsatiladi.