Abstract
Ushbu maqolada rus, qoraqalpoq va ingliz tillari paremiologiyasida "yaxshilik" va "yomonlik" konseptlarining leksik-semantik hamda lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda mazkur konseptlarning maqol-matallarda ifodalanish usullari, ularning milliy-madaniy mazmuni, pragmatik xususiyatlari va semantik transformatsiyalari yoritilgan. Tahlil natijasida uch tilda yaxshilik va yomonlik konseptlarining umumiy hamda o‘ziga xos jihatlari aniqlanib, ularning xalq dunyoqarashi va qadriyatlar tizimi bilan uzviy bog‘liqligi asoslab berilgan.