Abstract
Ushbu maqolada axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarning kelib chiqish va rivojlanish sabablari chuqur tahlil qilinadi. Kiberjinoyatlarga ta’sir qiluvchi texnologik, huquqiy va ijtimoiy omillar tahlil qilinadi hamda kiberjinoyatlarni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Yangi turdagi jinoyat turlarining paydo bo‘lishi tadqiq etiladi va kiberjinoyatchilikka qarshi kompleks choralar majmuasini taklif etiladi. Tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyati shundaki, unda kiberjinoyatlarning yangi shakllari paydo bo‘lishining “texnologik bo‘shliq - huquqiy bo‘shliq - ijtimoiy zaiflik - tezkor moslashuv” modeli asoslab beriladi. Ushbu xulosalar qonunchilikni takomillashtirish, bank va telekommunikatsiya sektorlarida preventiv nazoratni kuchaytirish, elektron dalillar bilan ishlash amaliyotini standartlashtirish hamda aholining kibermadaniyatini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda qo‘llanishi mumkin.