Abstract
Bolalar va o‘smirlar orasida shaxsiy gigiyena ko‘nikmalarini shakllantirish tarbiyaviy-ta’lim jarayonining muhim vazifalaridan biridir. Gigiyena qoidalariga rioya qilish sog‘liqni mustahkamlash, turli kasalliklarning oldini olish hamda shaxsning umumiy madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Shu sababli o‘quvchilarda barqaror gigiyenik odatlarni shakllantirishga qaratilgan tizimli pedagogik ishlar alohida ahamiyat kasb etadi.